» » Samarqand shahri hududi kengayadi

Samarqand shahri hududi kengayadi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralari o‘zgartirilishi mumkin.

Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar (“Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi — 253,7 gektar) yer maydoni Samarqand viloyatining Samarqand shahri tarkibiga o‘tkaziladi.

Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumanining ma’muriy hududi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan tavsiflar va grafik chizmalar asosida tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror bajarilishi bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют