» » Samarqand shahri prokurori shahar hokimi etib tayinlandi

Samarqand shahri prokurori shahar hokimi etib tayinlandi


Boburmirzo Oblaqulov Samarqand shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Telegram’dagi sahifasida xabar berildi.

“Kun.uz”ning xabar berishicha, 47 yoshli Oblaqulov bungacha Samarqand shahri prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U bungacha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Samarqand viloyati prokuroraturasida faoliyat ko‘rsatgan, viloyatning Pastdarg‘om, Oqdaryo tumanlariga prokurorlik qilgan.

Samarqand shahrining avvalgi hokimi Furqat Rahimov 23-may kuni O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют