» » YChL. “Liverpul” “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi, “Barselona” Dortmundda g‘alaba qozona olmadi (video)

YChL. “Liverpul” “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi, “Barselona” Dortmundda g‘alaba qozona olmadi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turi doirasida 17-sentabr, seshanba kuni 4 ta guruhda dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

“E” guruhida mazkur musobaqaning amaldagi chempioni Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” jamoasi Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida neapolliklar hujumchisi Dris Mertens penaltidan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, 90+2-daqiqaga kelib ispaniyalik Fernando Lyorente hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “Liverpul” mehmonda kechgan bahsda “Napoli”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi.

Shu kuni “F” guruhida Ernesto Valverde boshchiligidagi Kataloniyaning “Barselona”si mehmonda Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya” klubi bilan o‘ynadi.

Bellashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, o‘yinning 57-daqiqasida hakam tomonidan “Barselona” darvozasi tomon penalti belgilandi, biroq undan “arilar” a’zosi Marko Roys unumli foydalana olmadi.

“H” guruhida esa Londonning “Chelsi” jamoasi “Stemford Brij” stadionida “Valensiya”ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 74-daqiqada urildi. Unga “ko‘rshapalaklar” hujumchisi Rodrigo mualliflik qildi.

Natijada “Valensiya” safarda “aristokratlar”dan kichik hisobda ustun keldi (1:0) va dastlabki 3 ochkoga ega bo‘ldi.

YChL

1-tur bahslari

17-sentabr, seshanba

“E” guruhi

Gollar: 1:0 — 2 Xoland, 2:0 — 34 Xoland, 3:0 — 36 Xvan Xi Chxan, 3:1 — 40 Lukumi, 4:1 — 45 Xoland, 5:1 — 45 Soboslai, 5:2 — 52 Samatta, 6:2 — 66 Ulmer

Gollar: 1:0 — 82, penalti Mertens, 2:0 — 90+2 Lyorente

“F” guruhi

Gollar: 0:1 — 63 Olayika, 1:1 — 90 Barella

“G” guruhi

Gollar: 0:1 — 41 Azmun, 1:1 — 51, penalti, Depay

Gollar: 0:1 — 69 Verner, 0:2 — 78 Verner, 1:2 — 84 Seferovich

“H” guruhi

Gol: 0:1 — 74 Rodrigo

Gollar: 1:0 — 18 Promes, 2:0 — 50 Alvares, 3:0 — 62 Talyafiko

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют