» » YChL. Messi dublga erishgan o‘yinda “Barselona” “Liverpul”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

YChL. Messi dublga erishgan o‘yinda “Barselona” “Liverpul”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)


1-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki bahsida Ernesto Valverde boshliq “Barselona” klubi Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi bilan kurash olib bordi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares o‘zining sobiq jamoasi darvozasiga to‘p kiritgan bo‘lsa, “Barselona” yetakchisi Lionel Messi 75 va 82-daqiqalarda gol urib, dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa “Barselona” o‘z uyida kechgan bahsda “Liverpul” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro javob o‘yini 8-may kuni “Liverpul” maydonida bo‘lib o‘tadi.

YChL

1/2 final bahsi

1-may, chorshanba

Gollar: 1:0 — 26 Suares, 2:0 — 75 Messi, 3:0 — 82 Messi

“Barselona”: ter Stegen, Pike, Alba, Serji Roberto (Alenya, 90+3), Langle, Rakitich, Buskets, Vidal, Koutinyo (Semedu, 60), Messi, Suares (Dembele, 90+3)

“Liverpul”: Alisson, Matip, Robertson, Gomes, van Deyk, Keyta (Henderson, 24), Fabinyo, Veynaldum (Firmino, 79), Milner (Origi, 85), Mane, Saloh

Ogohlantirishlar: Langle (39), Fabinyo (81), Suares (81), Alba (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют