» » “Birinchi navbatda bu Toshkentga tegishli”. Tanzila Norboyeva to‘y marosimlari to‘g‘risidagi qonun loyihasiga izoh berdi

“Birinchi navbatda bu Toshkentga tegishli”. Tanzila Norboyeva to‘y marosimlari to‘g‘risidagi qonun loyihasiga izoh berdi


18-sentabr kuni poytaxt hokimiyatida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Repost.

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etib, to‘y marosimlarini o‘tkazish borasidagi qonun loyihasiga izoh berdi.

Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining yig‘ilishida tasdiqlangan to‘y marosimlari haqidagi qaror birinchi navbatda Toshkent shahriga tegishli. Ushbu tartib-qoida respublikadan ko‘ra, butun mamlakat uchun nosog‘lom dabdaba va modaga sabab bo‘layotgan Toshkent shahriga taalluqli. Toshkent bugun mamlakatning yuzi va oynasi, shu sababli biz tartib joriy qilishimiz kerak.

Agarda tadbirkor ming kishilik restoran qurgan bo‘lsa, uni mehmonxonaga aylantirsin. Qarorda to‘y marosimiga taklif etiladiganlar soni 300 kishi deb belgilangan, tamom. Qonun hamma uchun barobar.

Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Senati raisi

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlari 14-sentabr kuni to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan edi.

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Iqbol Mirzaaliyev parlament palatalarining qo‘shma majlisida qilgan chiqishiga ko‘ra, to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2020-yilning 1-yanvaridan kuchga kiritiladi.

Unga ko‘ra oilaviy tadbirlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi. Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dafn etish marosimi bundan mustasno. Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanishi mumkin.

Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi. Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют