» » Livan prezidenti ADL sammiti doirasida suratga tushish marosimi oldidan yiqilib tushdi (video)

Livan prezidenti ADL sammiti doirasida suratga tushish marosimi oldidan yiqilib tushdi (video)


Bu yil 82 yoshni qarshilagan Livan prezidenti Mishel Aun, Arab davlatlari ligasi (ADL) sammitida rahbarlarning birgalikda suratga tushish marosimi oldidan yiqilib tushdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Sammitning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasida mamlakat rahbarlarining esdalik uchun suratga tushishga tayyorgarligini ko‘rish mumkin. Qo‘qqisdan Livan prezidenti yuzi bilan yerga yiqilib tushdi. Shundan so‘ng translyatsiya rejissori tasvirni tezda o‘zgartirdi, biroq bir daqiqadan keyin translyatsiya yana davom etdi. Unda Aun jilmayib turgan hamkasblari bilan bir qatorda turardi.

Bir necha soatdan so‘ng ADL sammiti oldidan siyosatchi Livan nomidan so‘zga chiqdi. Voqea guvohlarining “Al-Arabiya”ga aytishicha, Aun gilamga qoqilib ketgan.

Yigirma sakkizinchi arab sammiti Iordaniyadagi O‘lik dengizida, tashkilotga a’zo 18 davlat rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda. Avvaliga uchrashuv Yamanda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq ushbu davlat rahbarlari mamlakatdagi murakkab ichki vaziyat sababli marosimni o‘tkazishdan bosh tortdi.

Arab davlatlar ligasi 21 mamlakatni hamda Falastin ozodlik tashkilotini birlashtiradi, uning shtab-kvartirasi Qohirada joylashgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют