» » Shavkat Mirziyoyev dekabrda Yaponiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev dekabrda Yaponiyaga boradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil dekabrida Yaponiyaga safar qilishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati va O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev 20-sentab kuni besh mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan, xususan, Yaponiya elchisi Yoshinori Fujiyamadan ishonch yorlig‘ini qabul qilib olgan edi.

Ushbu voqea haqida xabar berarkan, Prezident matbuot xizmati jumladan shunday deb yozadi: “Joriy yil dekabr oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi”.

O‘z navbatida, elchi Fujiyama O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)ga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyevning bo‘lajak tashrifi Yaponiya uchun juda muhimligini ta’kidlagan.

“Mening O‘zbekistonga diplomatik missiyam davlatingiz rahbarining Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlik davriga to‘g‘ri keldi. Shavkat Mirziyoyev bu tashrif samarali va har tomonlama manfaatli bo‘lishi kerakligini qayd etdi. Biz buning uchun barcha choralarni ko‘ramiz. O‘zbekiston rahbarining bo‘lajak tashrifi Yaponiya uchun juda muhim. Chunki O‘zbekiston Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashda muhim rolga ega. O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga tashrifi munosabatlarimizda tub burilish yasaydi”, — dedi elchi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyada so‘nggi bor 2011-yilda tashrif bilan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют