» » Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda


Bugun, 22-sentabr kuni Toshkentda Yevropa mobil (harakatlanish) haftaligi doirasida ilk bor Avtomobilsiz kun tadbiri o‘tkazilmoqda.

Uchtepa tumanida soat 9:00 dan 23:00 gacha Lutfiy (Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasiga qadar) va Shirin (Lutfiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasiga qadar) ko‘chalarining bir qismi shaxsiy avtotransport vositalari uchun (avtobuslar uchun emas) yopilgan (xarita).

Aholi “Biz bilan yur!” shiori ostida piyoda sayr qilishga targ‘ib qiluvchi aksiya, velosayr va ko‘ngilochar tadbirlarga taklif etilmoqda. Jumladan, tadbir davomida:

bo‘lib o‘tadi.

Avtomobilsiz kun tadbiri “Seul” parkida soat 18:00 dan 20:00 gacha bo‘lib o‘tadigan bayramona konsert bilan yakunlanadi.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, Yevropa mobil haftaligi bu yil 18-bor o‘tkazilmoqda, unda jahonning 50 mamlakatidagi salkam 3000 ta shahar qatnashmoqda. Haftalik doirasidagi tadbirlar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va harakatlanishning turli usullarini ommalashtirish orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Toshkentda 19-sentabr kuni Bepul metro kuni tashkil etilgan edi. Shu kuni aholi metropoliten xizmatidan bepul foydalanishi mumkin bo‘ldi, bekatlarda esa konsertlar, san’atkorlarning chiqishlari va ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Mavzuga doir: Toshkentda bepul metro kuni qanday o‘tdi? (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют