» » “Real” mehmonda “Sevilya”ni taslim etib, La Ligada 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

“Real” mehmonda “Sevilya”ni taslim etib, La Ligada 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 5-turi doirasida 22-sentabr, yakshanba kuni 5 ta bellashuv yakunlandi.

Turning markaziy o‘yinida Zinedin Zidan boshqaruvidagi Madridning “Real” klubi safarda Xulen Lopetegi boshliq “Sevilya” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 64-daqiqada urildi. Unga “Qirollik klubi” hujumchisi Karim Benzema mualliflik qildi.

Shu tariqa madridliklar mehmonda kechgan bahsda “Sevilya” ustidan kichik hisobda ustun keldi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolari sonini 11 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Sevilya” esa 10 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

5-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi vaziyat:

La Liga

5-tur bahslari

21-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 — 77, penalti Kasorla, 2:0 — 89 Ontiveros

Gollar: 1:0 — 2 Aziz, 2:0 — 66, penalti Vadilyo

22-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 7, avtogol Baba, 2:0 — 33, penalti Molina, 3:0 — 63 Nyom, 3:1 — 70 Budimir, 3:2 — 77 Budimir, 4:2 — 84 Rodriges

Gollar: 0:1 — 18 Villian Joze, 0:2 — 34 Villian Joze, 1:2 — 71, avtogol Saldua, 1:3 — 75 Isak

Gollar: 1:0 — 21, penalti Parexo, 1:1 — 35 Oskar Rodriges

Gollar: 1:0 — 38, penalti Raul Garsiya, 2:0 — 72 Muniain

Gol: 0:1 — 64 Benzema

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 02:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют