» » Vadim Abramov — O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Vadim Abramov — O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra endilikda mamlakat bosh jamoasini Vadim Abramov boshqarib boradi. Avvalroq argentinalik Ektor Kuperning terma jamoa rulidan ketganligi haqida xabar berilgandi.

Ta’kidlanishicha, Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Temur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.

Ma’lumot uchun, Abramov O‘zbekiston terma jamoasini avval ham boshqargan. U 2012-yil 4-iyunida Eronga qarshi mag‘lubiyat sabab terma jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.

Qayd etish lozim, Vadim Abramov ayni damda “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi ham sanaladi. Uning klubdan ketishi yoki bir vaqtda ikki jamoada ishlashi haqida ma’lumot berilmagan.

Guruh bosqichi

Chorak final

3-o‘rin uchun bahs

JCh—2014 2-saralash bosqichi

3-saralash bosqichi

4-saralash bosqichi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют