» » Profilaktika inspektorlari Toshkentdagi maktab o‘quvchilari sumkasidan sovuq qurollar topilayotganini ma’lum qildi

Profilaktika inspektorlari Toshkentdagi maktab o‘quvchilari sumkasidan sovuq qurollar topilayotganini ma’lum qildi


Joriy yilning so‘nggi sakkiz oyi davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatlar soni 34,78 foizga kamaydi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiga tayanib, “NUZ.uz” xabar berdi.

IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda voyaga yetmaganlar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar haqida ma’lumot berildi. Unda aytilishicha, maktab, kollej hamda boshqa umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining yonidan pichoq, kastet va boshqa xavfli predmetlar topilgan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, o‘quvchilar tomonidan maktabga olib kelinadigan sovuq qurol — bu pichoq. Yil boshidan buyon o‘n nafar poytaxt o‘quvchilarining yonidan pichoq topilgan: Mirobod va Uchtepa tumanlaridagi maktablarda ikkitadan, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Shayxontohur, Yashnobod, Chilonzor va Olmazor tumanlarida bittadan. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘quvchining sumkasidan kastet, Chilonzordagi o‘quvchinikidan bita (beysbol tayog‘i) topilgan.

Toshkentdagi shahar militsiya bo‘limlarining har birida voyaga yetmaganlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir nafar inspektor bor. Ular har kuni maktablarga borib, o‘quvchilar davomati, shuningdek, metallodetektor yordamida tekshiruvlarni amalga oshiradi. Asosan, 10—11-sinf o‘quvchilari nazorat ostiga tushadi.

Agar ‘qurol’ topilgudek bo‘lsa, inspektor uni olib qo‘yib, guvohlar ishtirokida dalolatnoma tuzadi va o‘quvchining ota-onasini suhbatga chaqiradi. Shundan so‘ng to‘plangan barcha materiallar hokimiyat qoshidagi komissiyaga yuboriladi. U yerda esa Ma’muriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga asosan ish ochilib, jarima belgilanadi.

Abdurashid Ochilov, IIBB voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha bosh inspektor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют