» » Toshkentda ikki maktabdoshining janjalini videoga olib, internetga tarqatgan oquvchining ota-onasi jarimaga tortildi

Toshkentda ikki maktabdoshining janjalini videoga olib, internetga tarqatgan oquvchining ota-onasi jarimaga tortildi


Xalq talimi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 17-umumtalim maktabining 9-sinf oquvchisi L.M va 10-sinf oquvchisi S.A ortasida yuz bergan nizoli holat organib chiqildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 13-aprelida L.M va S.A ortasidagi janjalni shu maktabning 9-sinf oquvchisi Sh.Sh uyali telefoni orqali tasvirga olgan hamda videotasmani telegramm ijtimoiy tarmogidagi Dostlar guruhiga, shuningdek, Gonzo akkauntiga instagramga tashlagan.

Mazkur holat 26-aprel kuni Mirzo Ulugbek tumani IIB Voyaga yetmagan ishlar boyicha idoralararo komissiya tomonidan korib chiqilgan. L.Mning ota-onasi farzand tarbiyasiga yetarli darajada etibor bermagani uchun MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining bir baravariga, yani 202 730 som jarimaga tortilgan.

XTVning Huquqiy-nazorat xizmati tekshiruvi natijasida maktab direktori tomonidan janjalning boshqa ishtirokchilarini hisobotdan yashirgani, tuman va shahar XTB hamda IIBga xabar berilmagani aniqlandi. Xizmatning bevosita aralashuvidan song ushbu holat yuzasidan qoshimcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 1-may kuni Shayxontohur va Mirzo Ulugbek tumanlari IIB Voyaga yetmaganlar ishlari boyicha idoralararo komissiyasiga yuborildi.

Ushbu hujjatlar 2-may kuni Shayxontohur tumani Voyaga yetmaganlar ishlari boyicha idoralararo komissiyasi tomonidan korib chiqildi. 10-sinf oquvchisi S.A.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga befarqligi uchun Ozbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan eng kam ish haqining ikki barobari, yani 405 460 som miqdorida jarimaga tortildi.

Bundan tashqari, tegishli hujjatlar asosida joriy yilning 10-may kuni Mirzo Ulugbek tumani Voyaga yetmaganlar ishlari boyicha idoralararo komissiyasi 9-sinf oquvchisi Sh.Sh.ning ota-onasi farzand tarbiyasiga befarq bolganligi va Vazirlar Mahkamasining 139-sonli Qarorida belgilangan maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun Ozbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismiga asosan eng kam oylik ish haqining uch barobari, yani 608 190 som miqdorida jarimaga tortildi.

Ozbekiston Respublikasi Talim togrisidagi hamda Voyaga yetmaganlar ortasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi togrisidagi Qonunlar talablariga qatiy amal qilinishida talim muassasasida oquvchilar tomonidan huquqbuzarlikni sodir etilishining oldini olishga yetarli darajada etibor qaratmaganliklari, oquvchilar axloqi ustidan nazoratni susaytirganliklari uchun maktab direktori hamda orinbosarlariga Ozbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-bandiga muvofiq xayfsan elon qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-05-2019, 14:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -