» » Toshkentda maktab ichki qoidalarini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga chora ko‘rildi

Toshkentda maktab ichki qoidalarini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga chora ko‘rildi


Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 4-sonli hamda 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuzaga kelgan nizolar o‘rganib chiqildi va mazkur holatlarga qonun doirasida choralar ko‘rildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 3-aprel kuni mashg‘ulot paytida 4-maktabning 10-“V” sinf o‘quvchilari I.T. va M.Q. o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Oqibatda o‘quvchilar bir-birini haqorat qilib, maktab ichki tartib-qoidalarini buzishgan. Sinf rahbari M.I. o‘quvchilarni tinchlantirishga uringan, ammo I.T. va M.Q. o‘qituvchiga qo‘pollik qilgan. Natijada sinf rahbari hushidan ketgan. Tez tibbiy yordam chaqirilib, o‘qituvchiga birinchi yordam ko‘rsatilgan. Bu voqeadan so‘ng o‘qituvchi bir necha kun ishga chiqmay, uyida davolangan.

O‘quvchilar I.T. va M.Q.ning o‘zaro janjali, sinf rahbariga nisbatan hurmatsizligiga nisbatan maktab direktori M.M. tomonidan hech qanday chora ko‘rilmagan. Hududiy profilaktika inspektori holat bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan, lekin vaziyat qonun doirasida hal etilmagan.

Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlarining bevosita aralashuvidan so‘ng ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha hujjatlar rasmiylashtirilib, 4-maktabning 10-“V” sinf o‘quvchilari I.T. va M.Q.ning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida ko‘rsatilgan tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun Uchtepa tumani voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasiga yuborilishi ta’minlandi.

26-aprel kuni Uchtepa tuman hokimligi faollar zalida tuman voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi a’zolari ota-onalar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazib, farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun o‘quvchi I.T.ning onasi G.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan 101 365 so‘m miqdorda jarimaga tortildi. O‘quvchi M.Q. esa profilaktik hisobga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют