» » Farg‘onada obunaga pul bermagan o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Farg‘onada obunaga pul bermagan o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi


Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi o‘quvchilarni haqoratlagani, kamsitgani va kaltaklagani uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mahalliy OAV vakillari Buvayda tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilari tomonidan turli maqsadlarga pul yig‘ilgani, pul bermagan o‘quvchilarni haqoratlash, kaltaklashlar to‘g‘risida ma’lumotlar chop etgandi.

Xalq ta’limi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati chop etilgan materiallar yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi.

Tekshirish natijasida 2018-yilning 16 noyabr kuni maktabning 7-V sinf rahbari R. M. shu sinfda ma’naviyat soati o‘tish jarayonida ikki o‘quvchiga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgani, ya’ni obunaga pul bermaganliklari uchun sinf o‘quvchilari oldida haqoratlab, kamsitgani va kaltaklaganligi aniqlandi.

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan o‘qituvchi R.M. va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maktab direktori o‘rinbosari X.A. egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Maktab direktori R.A.ga esa intizomiy chora ko‘rildi.

Boshqarma mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda o‘quv muassasasini ko‘mir yoki ko‘mir briketi bilar ta’minlash uchun kerakli choralar ko‘rmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlarini qoralaydi hamda o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini bosiqlikka va o‘zaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqiradi.

Vazirlik maktab xodimlarini ota-onalardan turli maqsadlar uchun noqonuniy mablag‘lar yig‘ish amaliyotini to‘xtatishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют