» » Rossiya fuqarosi ikki nafar o‘zbekistonlikni Suriyaga yuborgani uchun 8 yilga qamaldi

Rossiya fuqarosi ikki nafar o‘zbekistonlikni Suriyaga yuborgani uchun 8 yilga qamaldi


Uzoq Sharq okrugi harbiy sudi Chita shahrida istiqomat qiluvchi asli qirg‘izistonlik bo‘lgan 56 yoshli fuqaroni sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etdi. U terrorchilik tashkilotlari faoliyatiga aloqadorlikda hamda ularga moliyaviy yordam ko‘rsatishda aybdor deb topilgan. Bu haqda Rossiyaning Saxalin viloyati bo‘yicha tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tergovning aniqlashicha, 2015-yilning dekabrida sudlanuvchi Janubi-Saxalinskdan turib IShID terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 21 hamda 27 yoshli O‘zbekiston fuqarolariga 100 ming rubl bergan. O‘zbekiston fuqarolari bu pullar yordamida tranzit mamlakatlar orqali Suriyaga borishi kerak bo‘lgan.

Bundan tashqari erkak ularning Janubi-Saxalinskdan Moskvaga, u yerdan Suriyaga hech qanday to‘siqlarsiz uchishiga yordam ko‘rsatgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют