» » Suriyada IShID tarkibida jang qilgan sakkiz nafar namanganlik 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Suriyada IShID tarkibida jang qilgan sakkiz nafar namanganlik 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari safida jangovar harakatlarni amalga oshirgan sakkiz nafar shaxsga nisbatan o‘z hukmini o‘qib eshittirdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining sakkiz nafar fuqarosi Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari tomonidan turib jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun 6 yildan 14 yilga qadar ozodlikdan mahrum etildi”, — deydi agentlik suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sudlangan ikki nafar fuqaro — Muhammad Abdurasulov va Muhammadali Shokirov 2010-yilda O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan va yerda “Tablig‘i jamoat” xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zolarining ta’siri ostiga tushib qolgan. Oradan ikki yil o‘tgach, ular Suriyadagi lagerga borib, IShIDga aloqador jangovar harakatlarda qatnashgan.

“2016-yilda Abdurasulov va Shokirov O‘zbekistonga qaytgan va 6 nafar fuqaroni Suriyadagi jangovar harkatlarda ishtirok etishga jo‘natgan”, — deydi sud vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu guruhga nisbatan o‘tkazilgan tezkor-tergov harakatlari davomida yana 30 nafar O‘zbekiston fuqarosining Suriyaga chiqib ketishining oldi olingan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman sudi IShID terrorchilik tashkilotiga a’zo fuqaro Ahror Qosimovni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют