» » O‘zbekistonda saksovullarning ko‘p kesilayotganiga gaz ta’minotidagi uzilishlar sabab qilib ko‘rsatildi

O‘zbekistonda saksovullarning ko‘p kesilayotganiga gaz ta’minotidagi uzilishlar sabab qilib ko‘rsatildi


Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan 20-sentabr kuni Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor reyd davomida noqonuniy ravishda saksovul olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olingan.

“Qonunbuzar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlariga muvofiq jarimaga tortildi”, — deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Telegram’dagi @ekologuz kanalining qo‘shimcha qilishicha, “so‘nggi vaqtlarda saksovullarni noqonuniy kesib ketish holatlari ko‘paymoqda”.

“Aksariyat hollarda bu joylardagi gaz ta’minotidagi uzilishlar bilan izohlanadi. Balki mutasaddi tashkilotlar aholini o‘z vaqtida gaz bilan ta’minlasa, saksovullarni asrab qolarmidik?!”, — deyiladi kanal murojaatida.

Mavzuga doir: Cho‘l o‘rnida 35 futbol maydoniga teng o‘rmon yaratgan jarqo‘rg‘onlik pensioner. Haqiqiy qahramon!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют