» » BMTning UNFPA jamg‘armasi O‘zbekistonda gender statistikasini joriy etishga yordam bermoqchi

BMTning UNFPA jamg‘armasi O‘zbekistonda gender statistikasini joriy etishga yordam bermoqchi


Nyu-Yorkda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda sog‘lom oilani shakllantirish, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

UNFPA ijro etuvchi direktori o‘rinbosari Laura Londen so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni alohida e’tirof etdi. 2022-yilda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tashkil etilishi, shuningdek, mamlakatda gender statistika joriy etilishiga ijobiy baho berdi. UNFPA bu masalalarda O‘zbekiston hukumatiga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda gender tenglikni hamda onalar va bolalar muhofazasini ta’minlash masalalari bo‘yicha ildam va ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgani hisobga olinib, O‘zbekiston delegatsiyasi 2019-yilda Nayrobi shahrida o‘tkaziladigan aholishunoslik bo‘yicha xalqaro anjumanga taklif etildi. Bunday keng miqyosli tadbirda ishtirok etish O‘zbekiston milliy tajribasini xorijiy mamlakatlarda tatbiq etish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют