» » “Forsaj” qahramonlari 520 mln dollarlik bino va mashinalarni yo‘q qilgan

“Forsaj” qahramonlari 520 mln dollarlik bino va mashinalarni yo‘q qilgan


Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatuvchi va avtomobil bozorini o‘rganuvchi “Insurethegap.com” portali “Forsaj”ning barcha qismlarida buzilgan mashinalar va inshootlarning qiymatini hisoblab chiqdi. Umumiy summa qariyb 420 million funt sterling yoki 520 million dollardan ko‘proqni tashkil qildi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Umumiy qiymat ichiga filmning yetti qismidagi avtomobillar, samolyotlar va vertolyotlar, binolar, avtobuslar, tanklar, poyezdlar va motosikllar kirdi. Transport vositalari ichida 169 tasi qisman zararlangan, 142 ta oddiy transport vositasi butunlay yo‘q qilingan. 37 ta maxsus transport vositasi majaqlangan, 53 ta inshoot zararlangan, 31 tasi butunlay buzib tashlangan.

“Forsaj”da zarar ko‘rgan eng qimmat mashina W Motors Lykan Hypersport giperkari bo‘lib, uning narxi 3,4 million dollarni tashkil qilgan. Ijobiy qahramonlar yetkazgan zarar 324 million dollarni, salbiy qahramonlarning hissasi esa 196 million dollarni tashkil qilgan.

Shu bilan birga eng buzg‘unchi salbiy qahramon Jeyson Steytem ijrosidagi personaj bo‘lib, u qariyb 185 million dollarlik zararni keltirib chiqargan. Ijobiy qahramonlar orasida Vin Dizel yaratgan personaj eng ko‘p zarar yetkazgan bo‘lib, uning qiymati 70 million dollarga yaqin.

Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, buzg‘unchiliklar oltinchi va yettinchi qismlarda keskin oshib ketgan.

“Forsaj” filmining sakkizinchi epizodi 12-aprelda katta ekranlarga chiqadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют