» » Tramp o‘zining himoyalanmagan android-smartfonini “yangi iPhone”ga almashtirdi

Tramp o‘zining himoyalanmagan android-smartfonini “yangi iPhone”ga almashtirdi


Xavfsizlik xizmati hodimlari AQSh prezidentidan eski android-telefonini boshqa bir yaxshiroq himoyalanganiga almashtirishni so‘raganidan ikki oy o‘tgach, Donald Tramp “yangi iPhone”dan foydalanishni boshladi. Bu haqda Oq uyning ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha direktori Den Skavino Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi TJournal.

Skavino prezident yangi qurilmadan bir necha haftadan beri foydalanayotganini ta’kidladi. Oq uy xodimining so‘zlariga ko‘ra, Tramp Twitter’dagi xabarlarni o‘zi o‘qimoqda va yozmoqda, akkauntini boshqarishni yordamchilariga topshirmagan.

2017-yilning mart oyida OAVlar Donald Trampning shaxsiy mikroblogida android-telefonidan yozilgan tvitlar to‘xtagani, tvitlar iPhone’dan yozila boshlaganini payqagach, jurnalistlar sahifani prezidentning o‘zi yuritmayapti degan xulosaga kelgandi.

2016-yilning fevralida Donald Tramp Apple kompaniyasi FQB bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun unga nisbatan boykot e’lon qilishga chaqirgan edi. Trampning fikricha, Apple maxsus xizmat hodimlariga “San-bernardinolik mergan”ning smartfoniga kirishni ta’minlab berishi kerak edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют