» » Samarqandda yana tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi

Samarqandda yana tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi


29-sentabr kuni Samarqand shahar tez tibbiy yordam bo‘limi xodimini chaqiriqqa kelgan vaqtda mast holatda bo‘lgan notanish kishilar kaltakladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, ertalab soat 06:40 atrofida shahar tez tibbiy yordam markaziga chaqiriq bo‘lgan. Chaqiriqqa navbatchi shifokor 53 yoshli Nariman Mamutov borgan.

“Kechasi bilan navbatchilikda o‘n beshga yaqin chaqiriqqa chiqdim. Ertalab soat 06:40 atrofida so‘nggi chaqiriqqa yuborishdi. Manzilga yetib borib bemorga yordam ko‘rsatdik. Katta yo‘ldan ketayotganimizda tez tibbiy yordam mashinasida bemor o‘zidan-o‘zi bizga tashlanib, ikki-uch marotaba boshimga urib, qo‘limni xuddi itdek tishlab tortdi”, — deydi Mamutov.

Tez yordam mashinasida bo‘lgan bemorning bunday harakatidan so‘ng, yordamchi hamshira qo‘rqib qolgan. Uning shifokorga ikkinchi bor tashlanishi chog‘ida bemorning sherigi uni ushlab qolgan. Nariman Mamutov notanish kishidan arang qutilib ularni ichki ishlar xodimiga topshirgan.

“Men shifokorlarni hech qanday sababsiz urgan fuqaro jazosini olishini istayman. Shifokorlarga qo‘l ko‘tarayotgan odamlarga jiddiy chora ko‘rilmayotganligi uchun ham ularni urib yotibdi. Qandaydir chora ko‘rish kerak. Axir biz umrimizni oxirigacha insonlarni salomatligi uchun xizmat qilamiz-ku? Shifokorlarning huquqini himoya qiladigan qonun ishlab chiqish kerak”, — deya ta’kidlaydi Nariman Mamutov.

Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha “Daryo” muxbiri jurnalistik surishtiruv olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan shifokor bemorning yaqinlari tomonidan kaltaklangan edi.

Mavzuga doir: Pastdarg‘omda tez tibbiy yordam shifokori kaltaklandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют