» » Davlat bojxona qo‘mitasi “G‘ishtko‘prik” bojxona postidagi avtomobillar tirbandligi yuzasidan tarqalgan xabarga munosabat bildiradi

Davlat bojxona qo‘mitasi “G‘ishtko‘prik” bojxona postidagi avtomobillar tirbandligi yuzasidan tarqalgan xabarga munosabat bildiradi


Davlat bojxona qo‘mitasi 29-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston Respublikasining “Jibek joli” bojxona postidan O‘zbekistonning “G‘ishtko‘prik” bojxona postiga kirishda navbatda turgan yengil avtotransport vositalari to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Respublikaning avtomobil yo‘llarida joylashgan chegara bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalari soni 2018-yilda (1 222 000 ta) 2016-yilga nisbatan (361 000 ta) qariyb 3,5 barobarga ortgan. Chegara bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalarining 46 foizi Qozog‘iston bilan chegaradagi bojxona postlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Joriy yilning 1-sentabridan 28-sentabr kuniga qadar respublika chegara bojxona postlari orqali jami 164 648 ta (o‘rtacha 1 kunda 5 880 ta) avtotransport vositalari harakatlangan bo‘lib, “G‘ishtko‘prik” bojxona postidan jami 13 756 ta (o‘rtacha 1 kunda 491 ta) avtotransport vositalari harakatlangan. Ushbu bojxona posti orqali harakatlanayotgan avtotransport vositalari soni respublika chegaralari orqali harakatlanayotgan jami avtotransportlarning qariyb 10 foizini tashkil etmoqda.

Bu jarayonda, “G‘ishtko‘prik” bojxona postida har bir avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruviga o‘rtacha 5 daqiqa 50 soniya vaqt sarflanmoqda.

Sutka davomida harakatlangan avtotransport vositalari bo‘yicha ma’lumotlar internet tarmog‘idagi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy saytiga real vaqt rejimida joylashtirib borilmoqda.

“Respublikamiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, bojxona nazoratini amalga oshirish, kontrabandaning oldini olish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shunday ekan, bu borada bojxona organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda doimiy ravishda zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligini bildiramiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют