» » “Yallama” postida haydovchilar va tadbirkorlardan pora olib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi

“Yallama” postida haydovchilar va tadbirkorlardan pora olib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi


Joriy yil 5-avgust kuni Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash hududda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Jinoiy guruh a’zolari yuk avtotransport vositalarini mazkur post orqali navbatsiz va tezlashtirgan holda o‘tkazishni va’da qilib, avtotransport vositalari haydovchilari va tadbirkorlardan tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

“Davlat bojxona qo‘mitasi respublika chegara-bojxona postlari orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari haydovchilari va tashuvchilarni post orqali navbatsiz va tezkorlik bilan o‘tkazishni va’da qiluvchi firibgarlarning aldovlariga ishonmasliklarini so‘rab qoladi. Jinoyat ishining tergov natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilarni qo‘lga olish tezkor tadbiriga Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimovning shaxsan o‘zi rahbarlik qilgan va ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют