» » O‘zbekistonda bojxonachilar “Tranzit operatsiyasi”ni amalga oshirgan shaxsdan 1 mlrd so‘m undirdi

O‘zbekistonda bojxonachilar “Tranzit operatsiyasi”ni amalga oshirgan shaxsdan 1 mlrd so‘m undirdi


Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Tranzit operatsiyasi” fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Xitoydan Turkmanistonga yo‘l olgan yuk avtotransport vositasi tranzit tarzida o‘tish uchun Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara bojxona posti orqali O‘zbekistonga kirib keladi.

Mazkur avtotransport yukxonasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 milliard so‘mdan ortiq 13 nomdagi xalq iste’moli tovarlari ortilgan bo‘lib, transport vositasi “Yallama” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara-bojxona postiga yo‘naltiriladi.

Buxoroga yo‘l olgan avtoransport vositasini boshqarayotgan qo‘shni davlat fuqarosi B.K. kutilmaganda to‘g‘ri yo‘l qolib, Samarqand tumanidagi mahallaga yo‘l oladi. Bu yerda esa uni fuqaro S.Yu. kutayotgan edi.

Jinoiy rejaga binoan fuqaro S.Yu. va boshqalar o‘zaro til biriktirgan holda parrandachilik sexlaridan birida avtotransport vositasidan plomblarni buzgan holda yukxonadagi tovarlarni o‘zboshimchalik bilan tushiradi.

O‘rniga bojxona to‘lovlari xalq iste’mol tovarlariga nisbatan past bo‘lgan boshqa tovarlarni ortishadi.

Shu tariqa yuklari almashtirib qo‘yilgan avtotransport vositasi qo‘shni davlatga chiqib ketish uchun “Olot” chegara bojxona postiga yetib borganida, jinoiy guruhning qilmishlariga chek qo‘yildi.

Fuqaro S.Yu.dan jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning 1 milliarrd so‘mi undirildi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlariga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют