» » Toshkentda xorijdan hujjatda ko‘rsatilmagan tovar olib kelgan tadbirkorning kirdikori fosh etildi

Toshkentda xorijdan hujjatda ko‘rsatilmagan tovar olib kelgan tadbirkorning kirdikori fosh etildi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” chegara bojxona posti xodimlari respublika transport prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Xitoydan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga kelgan konteynerni ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Ko‘zdan kechirish jarayonida mazkur konteynerda yo‘l-yuk hujjatlarida qayd etilgan umumiy qiymati salkam 7000 AQSh dollarini tashkil etuvchi, vazni 26 tonnadan ortiq “Pol uchun qoplama” tovari o‘rniga yuk kuzatuv hujjatlarida umuman ko‘rsatilmagan turli xil kiyim-kechak, kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari yuklanganligi ma’lum bo‘ldi.

Daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yilgan tovar moddiy boyliklarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 2 milliard 100 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют