» » Toshkentda BAAdan bolalar tagliklari o‘rniga televizor olib kelgan tadbirkorning kirdikori fosh etildi

Toshkentda BAAdan bolalar tagliklari o‘rniga televizor olib kelgan tadbirkorning kirdikori fosh etildi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona postida Birlashgan Arab Amirliklaridan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tashkilotlardan biri nomiga keltirilgan temir yo‘l konteynerida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlariga ko‘ra qiymati 21 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan, og‘irligi salkam 7,6 tonnani tashkil qiluvchi bolalar tagliklari olib kelingani ma’lum qilingan, deb xabar beradi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Hujjatlarni sinchiklab ko‘zdan kechirish davomida ularning ayrimlarida ushbu tovarlarning nomi aks ettirilmaganligi, tegishli sana va raqamlari ko‘rsatilmaganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng ushbu konteyner mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari hamda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Avvaliga yuklarni ko‘zdan kechirish davomida mazkur korxona vakili G‘ulom Turdiyev (ism shariflar o‘zgartirilgan) turli bahonalarni ro‘kach qilgan holda, konteynerning ochilishiga to‘sqinlik qildi.

Ko‘zdan kechirish davomida esa konteynerda bolalar tagliklari o‘rniga Janubiy Koreya va Misrda ishlab chiqarilgan besh xil o‘lchamdagi 661 dona zamonaviy televizorlar ortilganligi aniqlandi.

Qonunbuzar televizor mahsulotlarini hujjatlarda bolalar tagliklari sifatida ko‘rsatish yo‘li bilan 2 milliard so‘mga yaqin mablag‘ni davlat budjetiga to‘lashdan qochishga uringanligi fosh bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют