» » Toshkentda 1 milliard 31 million so‘m bojxona to‘lovidan qochgan “olg‘ir” tadbirkor qo‘lga tushdi

Toshkentda 1 milliard 31 million so‘m bojxona to‘lovidan qochgan “olg‘ir” tadbirkor qo‘lga tushdi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Xitoydan yuk qabul qiluvchi, yakka tartibdagi tadbirkor B.Isayev (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) nomiga kelgan ikkita konteyner uning ishonchli vakili ishtirokida ochilib tekshirildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Tekshirish jarayonida mazkur konteynerlarga yo‘l-yuk hujjatlarida qayd etilgan umumiy qiymati 12 720 AQSh dollarini tashkil etuvchi, vazni 53 tonnadan ortiq MDF yog‘och tolali plitasi va temir sim mahsulotlari o‘rniga yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan vazni 52 tonnadan ziyod profnastil uchun mo‘ljallangan samorez mahsulotlari yuklanganligi ma’lum bo‘ldi.

Daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yilgan tovar moddiy boyliklarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 1 milliard 93 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Agarda taqdim etilgan hujjatlarga asosan mahsulotlar rasmiylashtirilganda to‘rt million so‘m bojxona to‘lovlari undirilishi mumkin edi. Ammo bojxona ko‘rigi natijasida aniqlangan mahsulotlar rasmiylashtirilganda esa 1 milliard 31 million so‘m bojxona to‘lovlari undirilishi aniqlandi.

“Qonunbuzar o‘zi olib kirayotgan tovarni hujjatlarda boshqa nom bilan ko‘rsatish yo‘li bilan bir milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni davlat budjetiga to‘lashdan qochishga uringanligi fosh bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют