» » Superliga. OKMK “Nasaf”ni mag‘lub etdi, “Bunyodkor” esa ochko yo‘qotdi

Superliga. OKMK “Nasaf”ni mag‘lub etdi, “Bunyodkor” esa ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasida 30-sentabr, dushanba kuni 2 ta o‘yin yakunlandi.

Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi.

Bellashuvning 40-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” hujumchisi Mirjahon Mirahmadov hisobni ochgan bo‘lsa, 54-daqiqaga kelib Buxoro klubi himoyachisi Jamoliddin Ubaydullayev hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 35 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Buxoro” esa 19 ochko bilan 12-o‘rinni band qilib turibdi.

Shu kuni Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi Qarshining “Nasaf” klubi safarda Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bahs davomida Olmaliq klubi vakillari Shahzod Nurmatov (10) hamda Erkin Baydullayev (90+5) Qarshi klubi darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “Nasaf”dan Bobur Abduxoliqov bitta golga mualliflik qildi.

Natijada OKMK o‘z uyida “Nasaf”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng OKMK ochkolari sonini 22 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Nasaf” esa 28 ochko to‘plab 6-o‘rinni egallab turibdi.

Superliga

21-tur bahsi

30-sentabr, dushanba

Gollar: 1:0 — 40 Mirjahon Mirahmadov, 1:1 — 54 Jamoliddin Ubaydullayev

Gollar: 1:0 — 10 Shahzod Nurmatov, 1:1 — 34 Bobur Abduxoliqov, 2:1 — 90+5 Erkin Baydullayev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют