» » 2017-yilda ochilgan dunyoning eng noodatiy mehmonxonalari (foto)

2017-yilda ochilgan dunyoning eng noodatiy mehmonxonalari (foto)


Yil boshidan buyon dunyoda ko‘plab mehmonxonalar va xostellar ochilishga ulgurdi. Ular orasida o‘ta noodatiylari ham bor. Kimdir mehmonlarni o‘ziga xos dizayn bilan jalb qilmoqchi bo‘lsa, boshqalar ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati bilan hayratga solmoqchi bo‘ladi, yana ba’zilar esa o‘z hajmi bilan taassurot qoldirishni istaydi. Maqolada so‘nggi bir necha oy ichida ilk sayyohlarni qabul qilgan eng g‘aroyib mehmonxonalar haqida hikoya qilamiz.

Angliyalik taniqli ko‘cha rassomi Benksi o‘z mehmonxonasini ochdi. Walled Off mehmonxonasi Falastin va Isroil chegarasida tashkil topdi. Mehmonxonada to‘qqizta xona va bitta syut bor. Devorlarni Benksining asarlari bezatadi.

Maldiv orollarida hashamatli mehmonxonalar tez-tez ochiladi. Ammo Laviani atollidagi besh yulduzli Hurawalhi Island Resort qariyb olti metr chuqurlikdagi suvosti restorani bilan maqtana oladi.

Ispaniyaning In-Tenta dizaynerlik kompaniyasi yaratgan inshootni mehmonxona ham emas, balki portativ mehmonxona xonasi deb atash mumkin, uni istalgan joyga o‘rnatsa bo‘ladi. Drop box deb nom olgan konstruksiya to‘rt kishiga mo‘ljallangan. Ikki kishilik variant ham ko‘zda tutilgan. Xonada dush xonasi va ayvon bor.

Singapur markazida yil boshida Oasia gulli mehmonxonasi ilk mehmonlarni qabul qildi. 27 qavatli bino fasadi haqiqiy maysalardan iborat to‘r bilan qoplangan. Bundan tashqari, to‘rtta yashil ayvon ham bor.

Yaponiyaning Tiba prefekturasida ochilgan Henn na Hotel mehmonxonasida deyarli xodimlar yo‘q. Ro‘yxatga olish peshtaxtasi ortidagi qizlarni va boshqa xodimlar o‘rnini robotlar egallagan.

Yuk konteynerlaridan yig‘ilgan Quadrum mehmonxonasi Gruziyada, Yuqori Gudaurida ochildi. Gudauri — mashhur tog‘-chang‘i kurorti. Mehmonxona sayyohlarga bir kishilik va oilaviy xonalarni, shuningdek, lyuks xonalarni taklif qiladi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют