» » G‘aroyib okean sirlari: yechimi topilmagan jumboqlar

G‘aroyib okean sirlari: yechimi topilmagan jumboqlar



Boltiq anomaliyasi

Boltiq dengizi tubida aniqlangan sirli obyekt ko‘plab mutaxassislarni mamnun qildi. G‘aroyib obyektga ekspeditsiyani yaqindagina tashkil qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Obyektning yaqin masofadan olingan ilk suratlarini ham ko‘rsatishdi: ammo u qachondir havoga ko‘tarilganga o‘xshamasdi. Obyekt “uchar likopcha” emas, ko‘proq allaqanday inshootni eslatardi. Shunga qaramay, “Boltiq NUJi”dan yon tomonga qarab taxminan 300 metr masofagacha xuddi avariyali qo‘nish iziga o‘xshagan egatcha chiqqan.

Ba’zilar Boltiq anomaliyasi Muzlik davridan qolgan o‘zga sayyoraliklar artefakti deb hisoblaydi, boshqalar esa uni natsistlarning suv osti kemalariga qarshi qurilmasi deb taxmin qiladi. Shunisi hayratlanarliki, barcha elektronika bu obyektdan 650 metr radiusda ishlamay qoladi.

Uzoq vaqt davomida ulkan kalmarlar shunchaki matroslarning uydirmasi deb hisoblangan. Ammo ilk tirik kalmar 2012-yil iyulida kameraga muhrlangan edi: uning uzunligi 13 metrga, og‘irligi yarim tonnaga yetardi.

1997-yilda AQSh Okean va atmosfera muammolari bo‘yicha milliy boshqarma gidrofonlari Janubiy Amerikaning janubiy qirg‘oqlarida dunyoda qayd etilgan eng baland tovushlardan birini yozib oldi.

Bloop deb atalgan tovush bir-biridan 4800 km masofadagi ikkita gidrofon orqali yozib olingan. U dengiz jonivori tovushini eslatardi, biroq tovush shunchalik baland ediki, uni fanga ma’lum dengiz hayvoni chiqargan bo‘lishi mumkin emasdi.

Qulaylik uchun olimlar tovushga “Ktulxu ovozi” deb nom berdi, kim bilsin, balki haqiqatan ham Lavkraft kitobidagi qo‘rqinchli maxluq uyg‘ongandir.

1968-yilda Rossiya, AQSh, Isroil va Fransiya bir vaqtning o‘zida o‘z submarinalarini yo‘qotdi. Suvosti kemalari joylashgan maydonlar qayta-qayta tekshirilsa-da, qidiruvlar natija bermadi.

Okean tubida quyosh nuri bo‘lishi mumkin emas, ammo ba’zi bekteriyalar gidrotermal kraterlar yaqinida fotosintezlanish va o‘zi uchun ozuqa ishlab chiqarish uchun xira qizil yorug‘likni qo‘llaydi.

Manba: “Dnpmag.com”

Опубликовано: admin (30-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют