» » Ozish uchun hapdorilarning 5 ta yolg‘on va’dasi

Ozish uchun hapdorilarning 5 ta yolg‘on va’dasi


Sotuvda ozdiradigan ko‘plab dori vositalarini uchratish mumkin. Go‘yoki, ularni qabul qilgach, metabolizm tezlashadi, qad-qomat mukammallashadi, to‘qlik hissi yuzaga keladi va ishtaha pasayadi.

Birinchidan, bunday da’volar uchun hech qanday ilmiy asoslar yo‘q. Bundan tashqari, agar ozish uchun hapdorilar kursini qabul qilishga qaror qilsangiz, quyidagi ogohlantiruvchi belgilarga e’tibor bering.

Qo‘shimchalarni ishlab chiqaruvchilar sizni hapdorini ichishingiz yoki badaningizga losyon surishingiz bilan, yog‘ qatlamlari o‘z-o‘zidan erib ketishiga ishontirmoqchi bo‘ladi. Afsuski, qat’iy natijalarga erishish uchun sizdan ko‘proq kuch talab etiladi. Odam o‘z ratsioniga o‘zgartirish kiritmasdan turib, hech qachon vazn yo‘qotmaydi.

Bunday ozdiruvchi qo‘shimchalar siz tomoningizdan hech qanday jismoniy faollikni talab qilmagan holda, sizni ortiqcha kilogrammlardan xalos etishga va’da beradi. Ammo parhez kabi, fitnessiz ham bo‘lmaydi. Olimlar hali ovqatlanish tartibini o‘zgartirmasdan va sport bilan shug‘ullanmasdan turib, vaznni yo‘qotish holatlarini qayd etmagan.

Ozdiruvchi hapdorilar tarkibiga efedra qo‘shila boshlaganidan so‘ng, metabolizni tezlashtirish ularning sehrli xususiyatlari ro‘yxatiga kiritiladigan bo‘ldi. 2004-yilda efedra sog‘liq uchun zararli ekanligini hisobga olib, uni qo‘llash taqiqlandi. Uning o‘rnini boshqa faol ingrediyentlar bilan bosishga intilishdi, ammo ularning hech biri barqaror natijalarni kafolatlay olmadi.

To‘qlik hissini qo‘shimchalar emas, kletchatka, oqsil va yog‘lar kuchaytiradi. Masala shundaki, o‘zingiz istagan natijalarga erishish uchun ratsioningizga ushbu masalliqlarni qanday qilib ko‘proq kiritishingiz mumkin? Oddiy maslahatlar: nonushtaga non va saryog‘ o‘rniga tuxum (oqsil va yog‘lar) va meva (kletchatka) yeng. Ishda esa yong‘oqlar (oqsil, kletchatka, yog‘lar)ni tamaddi qilishingiz mumkin. Losos (oqsil va yog‘lar) yashil sabzavotlar (kletchatka) va toblab pishirilgan kartoshka (kletchatka) kechki ovqat chog‘ida sizni pitssadan kamroq to‘ydirmaydi.

Ba’zi qo‘shimchalar foydali ozuqa moddalarini qayta taqsimlash yoki ba’zi gormonlarni yo‘qotish yo‘li bilan tanangiz tarkibini o‘zgartirishni va’da qiladi. Nazariy jihatdan, bu ish berishi mumkin, biroq amalda bu da’voni juda kam tadqiqotlar tasdiqlagan, bu tajribalar esa faqat kemiruvchilar ustida o‘tkazilgan.

Manba: “Wellness.com”

Опубликовано: admin (31-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют