» » La Liga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Real” ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

La Liga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Real” ishonchli g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 8-turi doirasida 5-oktabr, shanba kuni 2 ta bellashuv yakunlandi.

Zinedin Zidan qol ostidagi Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da “Granada”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “Qirollik klubi” vakillari Karim Benzema (2), Eden Azar (45), Luka Modrich (61) hamda Xames Rodriges (90) bittadan golni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlardan Darvin Machis (69, penalti) va Domingush Duarte (77) “Real” darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Real” o‘z maydonida “Granada”ni 4:2 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, musobaqa jadvalida yetkachilik qilayotgan “Real” ochkosini 18 taga yetdi. Undan keyingi o‘rinda borayotgan “Granada” hisobida esa 14 ochko mavjud.

La Liga

8-tur bahslari

4-oktabr, juma

Gollar: 0:1 — 34, penalti Orelyana, 1:1 — 66 Moron

5-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 – 45, penalti Roxer Marti, 0:2 – 49 Kampanya, 1:2 – 76 Breytueyt

Gollar: 1:0 — 2 Benzema, 2:0 — 45 Azar, 3:0 — 61 Modrich, 3:1 — 69, penalti Machis, 3:2 — 77 Duarte, 4:2 — 90 Xames

“Real”: Areolya, Ramos, Karvaxal, Varan, Odriosola, Valverde, Kazemiro, Beyl (Xames, 83), Kroos (Modrich, 34), Azar (Isko, 69), Benzema

“Granada”: Ruy Silva, Duarte, Neva, Dias, Xerman Sanches, Aziz (Vadilyo, 51), Montoro (Gonalon, 6), Puertas, Errera, Machis, Soldado (Fernandes, 64)

Ogohlantirishlar: Kazemiro (43), Karvaxal (54), Xerman Sanches (54), Soldado (56), Areolya (68), Errera (72), Duarte (73), Puertas (81), Xames (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют