» » La Liga. “Real” penaltidan 2 ta gol urib, g‘alabaga erishdi (video)

La Liga. “Real” penaltidan 2 ta gol urib, g‘alabaga erishdi (video)


24-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 25-turi doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Vilyarreal” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqaga kelib Saul hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa Diyego Simeone shogirdlari o‘z uyida “Vilyarreal” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu kuni Santyago Solari boshliq Madridning boshqa bir klubi “Real” mehmonda “Levante”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 43-daqiqasida Karim Benzema penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib Rojer hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yindagi so‘nggi gol Garet Beyl tomonidan 78-daqiqada yana penaltidan kiritildi.

Shu tariqa “Qirollik klubi” safarda “Levante”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

La Liga

25-tur bahslari

24-fevral, yakshanba

Gollar: 0:1 — 22 Kondogbiya, 1:1 — 89 Breytueyt

Gollar: 1:0 — 31 Morata, 2:0 — 88 Saul.

Gollar: 0:1 — 45 Mandi, 0:2 — 87 Xoakin

Gollar: 0:1 — 43, penalti, Benzema, 1:1 — 60 Rojer, 1:2 — 78, penalti, Garet Beyl.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют