» » La Liga. “Atletiko” va “Sevilya”da g‘alaba, “Barselona” va “Real” esa bugun o‘ynaydi (video)

La Liga. “Atletiko” va “Sevilya”da g‘alaba, “Barselona” va “Real” esa bugun o‘ynaydi (video)


26-yanvar, shanba kuni Ispaniya La Ligasining 21-tur bahslariga start berildi.

Turni “Sevilya”—“Levante” o‘yini ochib berdi. Unda Pablo Machin shogirdlari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi (5:0).

Barcha gollar uchrashuvning 2-bo‘limida kiritildi. 48-daqiqada Vissam Ben-Yedder hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib Andre Silva Kuinsi Promes uzatmasini golga aylantirdi (2:0).

Oradan 11 daqiqa o‘tib Franko Vaskes oradagi farqni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 80-daqiqada hakam tomonidan “Levante” darvozasiga penlati belgilandi va Aleyks Vidal o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Pablo Sarabiya 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasini aniq nishonga oldi va hisobni yiriklashtirdi (4:0). So‘nggi gol 90-daqiqada kiritildi. Unga Kuinsi Promes mualliflik qildi.

Shu kuni Diyego Simyone qo‘l ostidagi “Atletiko Madrid” klubi o‘z uyida “Xetafe”ni qabul qildi va 2:0 ko‘rinishida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Madrid klubi hujumchisi Antuan Grizmann hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqaga kelib Saul raqib darvozasini ishg‘ol qildi (2:0).

Shu tariqa “Atletiko” muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

27-yanvar, yakshanba kuni musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan “Barselona” jamoasi “Jirona” maydoniga safar qiladi. O‘yin soat 20:15 da start oladi.

Shu kuni Santyago Solari boshqaruvidagi “Real Madrid” klubi “Espanyol” mehmoni bo‘ladi. To‘qnashuvga tungi vaqt bilan 00:45 da start beriladi.

La Liga

21-tur bahslari

26-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 — 48 Ben-Yedder, 2:0 — 60 Silva, 3:0 — 71 Vaskes, 4:0 — 80, penalti, Sarabiya, 5:0 — 90 Promes.

Gollar: 1:0 — 27 Grizmann, 2:0 — 38 Saul.

Gollar: 0:1 — 29 Kike, 0:2 — 36 Jordan, 1:2 — 46 An-Nosiriy, 2:2 — 67 An-Nosiriy.

Gollar: 1:0 — 4 Diaxabi, 2:0 — 51 Cherishev, 3:0 — 86 Rodrigo.

27-yanvar, yakshanba

28-yanvar, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют