» » Tramp va Zelenskiyning telefon suhbatidan xabardor yana bir kishi ko‘rsatma berdi

Tramp va Zelenskiyning telefon suhbatidan xabardor yana bir kishi ko‘rsatma berdi


Yana bir inson AQSh razvedkasiga prezident Donald Trampning Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbati tafsilotlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda ikkala xabarchining manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Mark Zeyd ABC News’ga xabar berdi.

Shuningdek, ikkinchi xabarchi razvedka xodimi bo‘lib, birinchi xabarchining shikoyati asosida tayyorlangan ma’lumotlarga ham ega. Ikkinchi ma’lumot beruvchi AQSh razvedka hamjamiyatining bosh inspektori Maykl Atkinson bilan suhbat qilishga ulgurgan.

Avvalroq, The New York Times gazetasi o‘z manbasiga tayanib, Amerika razvedkasining yana bir xodimi Trampning Ukrainaga nisbatan harakatlari sabab shikoyat bildishni o‘ylayotgani haqida xabar bergandi.

Iyul oyida Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati chog‘ida prezidentlik saylovida o‘ziga qarshi kurashadigan Jo Bayden va uning o‘g‘li Hanterga nisbatan surishtiruv ishlarini olib borishni so‘ragani ma’lum bo‘lgandi. Sentabr oyida esa Kongress demokratlar tomonidan Trampning impichmenti bo‘yicha jarayonlarni boshlab yuborgan edi.

Mavzuga doir: Tramp “Bayden ishi” bo‘yicha tergov sabab Ukrainadagi AQSh elchisini chaqirib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют