» » O‘zbekistonda ilk bor respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk bor respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirli matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qaror bilan Respublika narkologiya markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

Qayd etilishicha, markazning asosiy vazifalaridan biri narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolashni tashkil etish tizimini takomillashtirish, narkologiya xizmati muassasalarining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, jamoat joylarida mast holatda bo‘lgan shaxslar, agar ularga tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlarda (alkogoldan og‘ir zaharlanish holatlari bundan mustasno), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari huzuridagi tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga olib kelinishi kerak.

Qaror bilan 2019—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, jami 710 o‘rinli 8 ta obyekt qurilishi, 300 o‘rinli 3 ta obyekt rekonstruksiya qilinishi hamda 312 o‘rinli 3 ta obyekt kapital ta’mirlanishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют