» » Bekoboddagi ovqatdan zaharlangan bolalar bog‘chasining mudirasi, oshpazi va hamshirasi ishdan bo‘shatildi

Bekoboddagi ovqatdan zaharlangan bolalar bog‘chasining mudirasi, oshpazi va hamshirasi ishdan bo‘shatildi


Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 15-sonli MTT tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritning kelib chiqish sabablari batafsil o‘rganib chiqildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘liqni Saqlash vazirligi qoshidagi Respublika DSENM xulosasiga ko‘ra, bolalarda kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qo‘pol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish bo‘limi va MTTning boshqa xodimlari (tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilar) tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab bo‘lgan.

15-sonli MTT mudirasi Mohira Rahmatullayeva, oshpaz Shohida Qahramonova va hamshira Mavluda Ergasheva lavozim majburiyatlarini bajarmaganligi va loqayd xatti-harakati natijasi oqibatida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi sababli, egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan.

27-sentabrdan 6-oktabrgacha MTT faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan. Tashkilotda umumiy tozalash, dezinfeksiya tadbirlari va MTTdagi sanitariya-texnika vositalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Xodimlarga sanitariya normalari va qoidalari bo‘yicha 3 kunlik o‘qish tashkil etilgan.

“MTT 7-oktabrdan boshlab ishga tushdi va tarbiyalanuvchilarni yana qabul qila boshladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют