» » Davlat soliq boshqarmasi Toshkentda noqonuniy tamaki va spirtli mahsulotlar savdosini chekladi

Davlat soliq boshqarmasi Toshkentda noqonuniy tamaki va spirtli mahsulotlar savdosini chekladi


Toshkentda o‘tkazilgan nazorat tadbirida davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami 11 275 dona (quti) umumiy qiymati 109 400 000 so‘mlik tamaki mahsuloti, 791 shisha umumiy qiymati 57 500 000 so‘mlik alkogol mahsulotlari noqonuniy savdoga qo‘yilgani aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanidagi “Qo‘yliq” shoh bekati yonida joylashgan savdo do‘koni ko‘zdan kechirilganida fuqaro Usmon Quliyev (ism va familiya o‘zgartirilgan) tomonidan hech qanday hujjatlarsiz 779 dona (quti) umumiy qiymati 7 936 000 so‘mlik aksiz markasiz, xorijda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilgani aniqlangan.

Shuningdek, Yashnobod tumanidagi Zoirxo‘ja Sunnatxo‘jayev (ism va familiya o‘zgartirilgan) bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay tamaki mahsuloti savdosi bilan shug‘ullanishda davom etayotgani ma’lum bo‘lgan. Boshqarma tomonidan savdoga qo‘yilgan 18 turdagi umumiy qiymati 20 838 000 so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining noqonuniy sotilishining oldi olingan.

Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida 14 nafar fuqaroning belgilangan tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmay, 1 694 dona (quti) umumiy bahosi 15 560 000 so‘mlik aksiz markali va 1 616 dona (quti) umumiy bahosi 17 784 000 so‘mlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini savdoga qo‘ygani aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mirobod tumanida joylashgan savdo do‘konida 29 turdagi 56 shisha, umumiy qiymati 11 296 000 so‘mlik aksiz markasiz, qalbaki aksiz markali va yaroqlilik muddati o‘tgan alkogol mahsuloti savdoga qo‘yilgani aniqlangan.

Uchtepa tumanida joylashgan savdo do‘konida yaroqlilik muddati o‘tgan va eski aksiz markasi bilan markalangan alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. Tadbir davomida 26 turdagi 706 dona umumiy qiymati 33 341 000 so‘mlik alkogol mahsuloti noqonuniy savdoga qo‘yilgani aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Bektemir tumani “Qo‘yliq dehqon bozori”da Jamila Abdullayeva (ism va familiya o‘zgartirilgan) tomonidan hech qanday sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan, umumiy bahosi 169 000 so‘mlik qo‘lbola spirt mahsulotlari, Muxash Asanov (ism va familiya o‘zgartirilgan) tomonidan 157 dona umumiy qiymati 1 418 000 so‘mlik alkogol mahsuloti noqonuniy savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.

Avvalroq Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi tomonidan dorixonalarda noqonuniy dori-darmon savdosi aniqlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют