» » Shavkat Mirziyoyev: Uylarning sonini ko‘paytirib, narxini pasaytirish kerak

Shavkat Mirziyoyev: Uylarning sonini ko‘paytirib, narxini pasaytirish kerak


Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida qurilishi davom etayotgan Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi qurilishini borib ko‘rdi.

Quruvchi va mutasaddilar bilan suhbatalasharkan, Prezident innovatsion, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab o‘tgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Olmazor City’ning qurilishi bilan tanishdi

“Uylar sonini ko‘paytirish, energiyani tejash orqali turar joylar narxini arzonlashtirish kerak. Buning uchun qurilish materiallari, bazalt tolasi ishlab chiqarish korxonalarini ko‘paytirib, har bir hududga yetkazib berish zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari qurilayotgan uylardagi xonadonlarning bo‘lajak egalariga malakali, sifatli xizmat ko‘rsatish lozimligini ham alohida uqtirgan.

“Qurish bu birinchi qadam. Asosiysi — malakali ekspluatatsiya. Uylarga, odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, muhandislik uskunalaridan samarali foydalanish zarur”, — deya qo‘shimcha qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi Kichik halqa yo‘li va Yangi Olmazor ko‘chasi oralig‘idagi qariyb 24 gektar hududda 2019-yil boshidan beri qurilmoqda. Maydon 6 ta lotga bo‘lingan — birinchi va ikkinchi lotlarda savdo markazi, ofislar va ko‘ngilochar maskanlar, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi lotlarda 2 100 xonadonga mo‘ljallangan 28 ta ko‘p qavatli uy, oltinchi lotda 300 o‘rinli bog‘cha hamda 500 o‘rinli maktab qurilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют