» » Shavkat Mirziyoyev Olmazor City’ning qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Olmazor City’ning qurilishi bilan tanishdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Olmazor tumanidagi Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi qurilishi bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Prezident 2018-yil 29-iyun kuni Toshkentning Olmazor tumanida Olmazor Business City ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishgan edi. Buning uchun Kichik halqa yo‘li va Yangi Olmazor ko‘chasi o‘rtasida qariyb 24 gektar yer ajratilib, 2019-yil fevralda qurilish ishlari boshlangan edi.

Maydon 6 ta lotga bo‘lingan bo‘lib, birinchi va ikkinchi lotlarda savdo markazi, ofislar va ko‘ngilochar maskanlar bunyod etilmoqda. Uch, to‘rt va beshinchi lotlarda 2 100 xonadonga mo‘ljallangan 28 ta ko‘p qavatli uy, oltinchi lotda 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 500 o‘rinli maktab qurilmoqda.

Uylarning birinchi qavatidan savdo do‘konlari o‘rin oladi. Xonadonlarda alohida isitish tizimi o‘rnatiladi. Devorlar yetti qatlamdan iboratligi, jumladan bazalt tolasi bilan qoplangani qishda issiq, yozda salqin haroratni yaxshi saqlaydi.

“Davlatimiz rahbari 9-oktabr kuni ushbu majmuaga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilishda qo‘llanilayotgan innovatsion, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida e’tibor qaratdi”, - deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Binokorlik ishlarining borishi, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi. Qurilishda mahalliy materiallardan foydalanilayotgani, uylar ham to‘liq O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnika va mebellar bilan jihozlanishi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют