» » Kuzatuvchilar Afg‘onistondagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkazilishini taxmin qilmoqda

Kuzatuvchilar Afg‘onistondagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkazilishini taxmin qilmoqda


Afg‘oniston saylovlar shaffofligi fondining (TEFA) kuzatuvchilari mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlarida nomzodlarning birinchi turda g‘alaba qozonish uchun yetarli darajada ovoz yig‘a olmaganini va saylovlarning ikkinchi turi o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlar g‘olibi birinchi raundda ma’lum bo‘lmaydi va ovozlarning ko‘p qismini olgan nomzodlar o‘rtasida saylovlarning ikkinchi turi o‘tkazilishi mumkin”, — deya ta’kidlagan TEFA vakili Zubayr Habibzoda.

O‘z navbatida Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasi kotibi Habibur Rahmon Nang ikkinchi tur bo‘lishi yoki bo‘lmasligi borasida aniq fikrni byulletenlar hisoblab chiqilganidan keyin ma’lum qilinishini bildirdi.

Mavzuga doir:

Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari 28-sentabrda o‘tkazilgan. Ovoz berish jarayonlari “Tolibon” harakatining saylovlarni buzishga urinish haqidagi bayonotidan so‘ng xavfsizlik choralari kuchaytirilgan vaziyatda o‘tdi. Biroq saylovlar oldidan va saylovlar o‘tkaziladigan sanada mamlakat bo‘ylab teraktlar, portlashlar, kuzatuvchilarning o‘g‘irlab ketilishi holatlari kuzatildi.

Mavzuga doir:

Saylovlarda jami 15 nafar prezidentlikka nomzod ishtirok etdi, kurash uch asosiy siyosiy guruh o‘rtasida kechdi: amaldagi prezident Muhammad Ashraf G‘ani, amaldagi bosh vazir Abdulla Abdulla hamda muxolifat ya’ni sobiq prezident Hamid Karzay guruhi. Avvaliga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yganlar soni 18 ta edi, biroq ularning uch nafari amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, o‘z nomzodini oldi.

Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun 50 foiz yoki undan ko‘proq ovoz to‘plash lozim. Agar byulletenlarni hisoblash jarayoni ko‘ngildagidek kechsa saylovlarning dastlabki natijalari 19-oktabrda, yakuniy natijalar esa nomzodlarning shikoyatlar qayta ko‘rib chiqilganidan so‘ng 7-noyabrda e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Nomzodlarning hech biri kerakli miqdordagi ovozlarni to‘play olmas, u holda 23-noyabrda saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют