» » O‘zbekisitonda 2019-yil boshidan qancha yong‘inlar sodir bo‘lgani ma’lum qilindi

O‘zbekisitonda 2019-yil boshidan qancha yong‘inlar sodir bo‘lgani ma’lum qilindi


Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati O‘zbekiston hududida 2019-yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar statistikasini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019-yilning o‘tgan 9 oyi davomida o‘tkazilgan profilaktik ishlar natijasida 15 441 ta bino va inshootda yong‘in kelib chiqish xavfining oldi olingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 30 nafar inson qutqarilgan, 624 bosh uy hayvoni, 113 xil texnikalar, 268 milliard so‘mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 86 milliard so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan.

Shuningdek, 2019-yilning o‘tgan 9 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 358 taga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 9 taga va tan jarohati olishi 58 taga kamaygan.

Lekin olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019-yilning o‘tgan 9 oyi davomida respublika hududida jami 8 397 ta yong‘in qayd etilib, ushbu yong‘inlarda 82 nafar inson halok bo‘lgan va 219 nafar kishi tan jarohati olgan.

Jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 68,9 foizi aholi yashash joylarida, 11,6 foizi tadbirkorlik subyektlari obyektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,4 foizi davlat tasarrufidagi obyektlarda yuzaga kelgan.

Yong‘inlarning 38,7 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,3 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 11,4 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 9,6 foizi bolalarning sho‘xligi va 4 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют