» » NBC telekanali boshlovchisining 4 yoshli o‘g‘li jonli efirni bo‘lib qo‘ydi (video)

NBC telekanali boshlovchisining 4 yoshli o‘g‘li jonli efirni bo‘lib qo‘ydi (video)


NBC telekanali muxbiri Kortni Kyub jonli efirda Turkiya qo‘shinlarining Suriyaga bergan aviazarbalari haqida gapirayotganda, uning to‘rt yoshli o‘g‘li studiyaga kirib keldi. Holat aks etgan videoni Meduza taqdim etdi.

Boshlovchining Rayan ismli to‘rt yoshli o‘g‘li uni quchoqlamoqchi bo‘lgan. Kyub gapirishda davom etib, o‘g‘lini sekingina surishga harakat qilgan, biroq bolakay tabassum qilgan va onasining qo‘lidan tortishni boshlagan. Shunda boshlovchi o‘zini tutib tura olmasdan kulib yuborgan va tomoshabinlardan uzr so‘ragan.

Televideniye tomonidan keyinchalik berilgan izohga ko‘ra, boshlovchi shoshilinch ravishda efirga chiqishi kerak bo‘lgani sababli o‘g‘li Rayan va uning akasini bolalar bog‘chasiga olib borishga ulgurmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют