» » Video: Jonli efir vaqtida ekranda paydo bo‘lgan ulkan o‘rgimchak boshlovchini qo‘rqitib yubordi

Video: Jonli efir vaqtida ekranda paydo bo‘lgan ulkan o‘rgimchak boshlovchini qo‘rqitib yubordi


Amerikaning WGRZ telekanali ob-havo ma’lumotlari boshlovchisi Patrik Xammer videokamera obyektiviga chiqib olgan o‘rgimchak tufayli jonli efirni uzib qo‘yishiga bir bahya qoldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Xammer ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilayotganida panorama ekranida xarita surati Nyu-York shahri manzaralariga o‘zgardi. Qush parvozi balandligidan suratga olayotgan videokamera obyektiviga chiqib olgan o‘rgimchak esa boshlovchini qo‘rqitib yubordi.

“Bu nima?”, — deya savol berdi Xammer kadr ortidan. “Ona tabiat”, – deya javob qaytardi uning hamkasblaridan biri.

Ammo voqea yakuniga yetmadi. O‘rgimchak o‘z to‘ri bilan mayda chivinni tutib, uni jonli efirda yeya boshladi.

“Qiziq, keyingi qurbon kim bo‘lar ekan”, — deya hazil qildi boshlovchi. Shundan keyin o‘rgimchak u tomonga harakatlana boshladi. Xammer esa kadrdan chiqib ketdi.

Boshlovchi ekrandagi surat ob-havo ma’lumotiga o‘zgartirilganidan keyin o‘z ishini davom ettirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют