» » Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali Tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibiga aylandi

Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali Tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibiga aylandi


Osloda Tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotining 2019-yilgi sohibi nomi e’lon qilindi. Mukofotga Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali loyiq ko‘rildi. Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasi tomonidan Abiy Ahmad Alining Eritreya bilan chegara nizosini hal etishdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi.

BREAKING NEWS:
The Norwegian Nobel Committee has decided to award the Nobel Peace Prize for 2019 to Ethiopian Prime Minister Abiy Ahmed Ali.#NobelPrize #NobelPeacePrize pic.twitter.com/uGRpZJHk1B

— The Nobel Prize (@NobelPrize) October 11, 2019

Tinchlik yo‘nalishidagi mukofot — sohibining nomi Stokgolmda emas, balki Osloda e’lon qilinadigan yagona Nobel mukofotidir. Bungacha fizika, ximiya, tibbiyot va adabiyot yo‘nalishidagi mukofot sohiblari nomi e’lon qilingan edi. So‘nggi — iqtisodiyot yo‘nalishidagi mukofot egasi nomi 14-oktabr kuni e’lon qilinadi.

Nobel mukofotlarini tantanali topshirish marosimi 10-dekabr — Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют