» » Yevro—2020 yo‘lida. Angliya safarda yutqazib qo‘ydi, Portugaliya va Fransiyada esa g‘alaba

Yevro—2020 yo‘lida. Angliya safarda yutqazib qo‘ydi, Portugaliya va Fransiyada esa g‘alaba


Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasi saralash bosqichi 7-turi doirasida 11-oktabr, juma kuni guruhlarda bir qancha uchrashuvlar nihoyasiga yetdi.

“A” guruhidan o‘rin olgan bahsda Garet Sautgeyt qo‘l ostidagi Angliya terma jamoasi safarda Chexiya termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Angliya termasi hujumchisi Harri Keyn (5)ning penaltidan urgan goliga mezbonlar Yakub Brabes (9) hamda Zdenek Ondrashek (85)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa angliyaliklar mehmonda kechgan bahsda Chexiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, Angliya 12 ochko jamg‘argan holda guruhda yetakchilik qilmoqda. Chexiya esa xuddi shuncha ochko yig‘ib ikkinchi o‘rinda bormoqda.

“A” guruhidagi holat:

Fernandu Santush boshqaruvidagi Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Lyuksemburgni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinda Portugaliya vakillari Bernardu Silva (16), Krishtianu Ronaldu (65) va Gonsalu Gedesh (89) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Natijada portugaliyaliklar Lyuksemburg darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Portugaliya 11 ochko to‘plab “B” guruhida 2-o‘rinni band qilib turibdi. 4-o‘rinda borayotgan Lyuksemburg hisobida esa 4 ochko mavjud.

“B” guruhidagi vaziyat:

Shu kuni “H” guruhida Didye Desham boshliq amaldagi Jahon Chempioni Fransiya terma jamoasi mehmonda Islandiya termasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 66-daqiqada penaltidan urildi. Unga fransiyalik hujumchi Olivye Jiru mualliflik qildi.

Shu tariqa Fransiya mehmonda Islandiyadan kichik hisobda ustun keldi (1:0).

Qayd etish joiz, Fransiya termasi 18 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi. Unda keyingi o‘rinda borayotgan Islandiya esa 12 ochko jamg‘argan.

“H” guruhidagi holat:

Yevro—2020

Saralash bosqichi

7-tur bahslari

11-oktabr, juma

“A” guruhi

Gollar: 0:1 — 5, penalti Keyn, 1:1 — 9 Brabes, 2:1 — 85 Ondrashek

“B” guruhi

Gollar: 1:0 — 16 Bernardu Silva, 2:0 — 65 Ronaldu, 3:0 — 89 Gedesh

Gollar: 1:0 — 29 Malinovskiy, 2:0 — 58 Malinovskiy

“H” guruhi

Gol: 1:0 — 63 Vales

Gol: 0:1 — 66, penalti Jiru

Gol: 1:0 — 90 Tosun

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-10-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют