» » Endilikda to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinadi

Endilikda to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinadi


Endilikda to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar evakuator yordamida yo‘ldan olib tashlanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9-apreldagi “Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amaldagi yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan edi.

Ushbu kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra 7.21 raqamli (evakuator ishlamoqda) qo‘shimcha axborot belgisi poytaxt ko‘chalarida o‘rnatilgan. Mazkur belgi to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinishini anglatadi.

Taqiq belgilari ta’siri ostida agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga ko‘ra, transport vositasi ushlab turilishi uchun evakuatorda majburiy evakuatsiya qilinadi.

Toshkent shahar IIBB YHXB qonunchilikdagi mazkur o‘zgarishlar amalga tatbiq etila boshlanganini eslatgan holda aholidan o‘z avtomashinalarni to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan joylarda qoldirmasliklarini iltimos qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют