» » Toshkentlik erkak 19 yoshli xotinini spirtli ichimlik ichgani uchun pichoqladi

Toshkentlik erkak 19 yoshli xotinini spirtli ichimlik ichgani uchun pichoqladi


Toshkent shahrida eri tomonidan pichoqlangan 19 yoshli ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Hodisa 11-oktabr kuni soat 23:30 larda yuz bergan.

Sergeli tumani Sputnik 2-dahasida yashovchi fuqaro 1992-yilda tug‘ilgan Ahmad A. turmush o‘rtog‘i 2000-yilda tug‘ilgan Lola A. tumanning “Zodiak” kafesida spirtli ichimlik ichib o‘tirganligi sababli u bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Ahmad. A janjal oqibatida o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan Lola A.ning qorin, bel va ko‘krak qafasiga bir necha marotaba urib, voqea joyidan yashiringan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida Lola A.ning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Ahmad A.ga nisbatan JK 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga doir:

Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют