» » Jizzaxda hisobchining uyidan 250 mln so‘m pul va 32 mln so‘mlik zargarlik buyumlari tunab ketildi

Jizzaxda hisobchining uyidan 250 mln so‘m pul va 32 mln so‘mlik zargarlik buyumlari tunab ketildi


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yashovchi, institutda hisobchi bo‘lib ishlaydigan O.D.ning uyiga 4-oktabr kuni tunda bosqinchilar hujum qildi, deb xabar bermoqda IIVning “Postda” nashri.

Ular pul va qimmatbaho narsalarni talab qilgan. Bosqinchilar O. D. va uning 12 yoshli qizini qo‘rqitib, qo‘l-oyoqlarini mato bilan bog‘lashgan. So‘ngra yotoqxonadagi seyfdan 250 million 500 ming so‘m pul va 32 million so‘mlik 11 turdagi zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchining murojaatidan so‘ng mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bosqinchilar shaxsini aniqlash va jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilgan.

Ko‘p o‘tmay, jinoyatni Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Ziyokor” mahallasida ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Jizzax shahar “Zilol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N. J., shaharning “Amir Temur” mahallasida yashovchi L.V. va Sharof Rashidov tumani “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan N. I. sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют