» » Yevro—2020 yo‘lida. Angliya yirik hisobda g‘alaba qozondi, Fransiya durang o‘ynadi, Portugaliyada esa mag‘lubiyat

Yevro—2020 yo‘lida. Angliya yirik hisobda g‘alaba qozondi, Fransiya durang o‘ynadi, Portugaliyada esa mag‘lubiyat


Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasi saralash bosqichi 8-turi doirasida 14-oktabr, dushanba kuni guruhlarda bir qancha uchrashuvlar nihoyasiga yetdi.

“A” guruhidan o‘rin olgan bahsda o‘tgan turda Chexiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Angliya terma jamoasi safarda Bolgariya termasini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida Angliya termasi vakillari Markus Reshford (7), Ross Barkli (20, 32), Rahim Sterling (45, 69) hamda Harri Keyn (85) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa angliyaliklar Bolgariya darvozasiga javobsiz 6 ta gol urib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Angliyaning ochkosi 15 taga yetdi va jamoa guruhda yetakchilikni mustahkamladi. So‘nggi o‘rinda borayotgan Bolgariya hisobida esa 3 ochko mavjud.

“A” guruhidagi holat:

Shu kuni Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya terma jamoasi mehmonda Andrey Shevchenko boshqaruvidagi Ukraina termasi bilan bahsga kirishdi.

O‘yinda Ukraina vakillari Roman Yaremchuk (6) va Andrey Yarmolenko (27) tomonidan urilgan gollarga portugallar Ronalduning 72-daqiqada penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa Portugaliya Ukrainaga kichik 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Ta’kidlash joiz, to‘qnashuvning 72-daqiqasida Ukraina yarim himoyachisi Taras Stepanenko hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Ma’lumot uchun, Portugaliya 11 ochko to‘plagan holda “B” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. Ukraina esa 19 ochko bilan birinchi o‘rinni band qilib turibdi.

“B” guruhidagi holat:

“H” guruhida esa Didye Desham boshliq Fransiya termasi “Stad de Frans” stadionida Turkiya terma jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 76-daqiqasida fransiyalik hujumchi Olivye Jiru hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Turkiya termasi himoyachisi Kaan Ayxan hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, Fransiya 19 ochko jamg‘arib guruhda ikkinchi o‘rindan joy oldi. Turkiya esa xuddi shuncha ochko yig‘gan holda peshqamga aylanib oldi.

“H” guruhidagi holat:

Yevro—2020

Saralash bosqichi

7-tur bahslari

15-oktabr, dushanba

“A” guruhi

Gollar: 0:1 — 7 Reshford, 0:2 — 20 Barkli, 0:3 — 32 Barkli, 0:4 — 45 Sterling, 0:5 — 69 Sterling, 0:6 — 85 Keyn

Gollar: 1:0 — 10 Rraxmani, 2:0 — 34 Muriki

“B” guruhi

Gollar: 0:1 — 48 Mitrovich, 0:2 — 53 Mitrovich, 1:2 — 79 Kazlauskas

Gollar: 1:0 — 6 Yaremchuk, 2:0 — 27 Yarmolenko, 2:1 — 72, penalti Ronaldu

“H” guruhi

Gollar: 1:0 — 76 Jiru, 1:1 — 81 Ayxan

Gollar: 1:0 — 38 Sigurdsson, 2:0 — 65 Sigtorsson

Gollar: 0:1 — 22 Sikaleshi, 0:2 — 34 Bare, 0:3 — 40 Trashi, 0:4 — 90 Manay

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 02:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют